Rossiyalik tennischi “Uimbldon”da qatnashmaydi

Dunyo reytingida 22-o‘rinni egallab turgan rossiyalik tennischi Yekaterina Aleksandrova dushanba kuni Londondagi maysali kortlarda boshlangan “Uimbldon” turnirida qatnashmaydi.

Turnir boshida Aleksandrova 2021 yilgi US Open chempioni va dunyoning 135-raketkasi britaniyalik Emma Radukanu bilan o‘ynashi kerak edi.

Rossiya tennis federasiyasi 18-iyun kuni Aleksandrova Parijdagi Olimpiadada ishtirok etishini ma’lum qildi, XOQ sportchini tan oldi.

Rossiyaliklardan faqat Darya Kasatkina (12), Lyudmila Samsonova (15) va Anna Kalinskaya (18) WTA reytingida Aleksandrovadan yuqoriroq.

Uimbldon 14 iyul kuni yakunlanadi. Uning bu yilgi mukofot jamg‘armasi rekord darajadagi 50 million funtni tashkil etadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter