Yevro-2024. Ispaniya – Gruziya: qarama-qarshiliklar tarixi

Bugun, 30 iyun kuni Yevropa chempionatining 1/8 final bosqichi bo‘lib o‘tadi va unda Ispaniya va Gruziya terma jamoalari to‘qnash kelishadi.

Ispaniya va Gruziya terma jamoalari o‘rtasidagi shaxsiy uchrashuvlar statistikasi bilan tanishing:

Jami o‘yinlar: 7.
Ispaniya g‘alabasi: 6.
Gruziya g‘alabasi: 1.
Durang: 0.
To‘plar farqi: 19-4 Ispaniya foydasiga.

Yevro-2024 guruh bosqichi yakuniga ko‘ra, Ispaniya terma jamoasi to‘qqiz ochko jamg‘arib, «B» kvartetida birinchi o‘rinni egalladi. Gruziya terma jamoasi to‘rt ochko jamg‘arib, «F» kvartetida uchinchi o‘rinni egalladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter