Jarohat olgan Messi chorak finalda maydonga tushadimi?

Valter Samuel Lionel Messining holati haqida gapirdi.

Argentina terma jamoasi forvardi jarohati sabab Amerika Kubogining 3-turida Peruga (2:0) qarshi o‘yinni o‘tkazib yubordi.

«U yechinish xonasida edi va biz o‘zini yaxshi his qilayotganini payqadik. Vaziyat yaxshilanmoqda, biroq [chorak final uchrashuviga] hali sanoqli kunlar bor, shuning uchun hozir biror narsa deyishga erta.

Biz uning ahvolini kundan-kunga kuzatib boramiz, shifokorlar bilan gaplashamiz», dedi Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter