«PSJ» ispaniyalik posbon bilan shartnomani uzaytirmaydigan bo‘ldi

«PSJ»ning ispaniyalik darvozaboni Serxio Riko yozda jamoani tark etadi.

France Bleu Paris nashri xabariga ko‘ra, klub uning 30 iyunda tugaydigan shartnomasini uzaytirmagan.

2023 yilning may oyida Riko ot minish chog‘ida boshidan jarohat oldi, shundan so‘ng u tibbiy komaga tushdi va operasiya qilindi. Uzoq vaqt davomida u miya anevrizmasining oqibatlari bilan kurashdi. Qayta tiklash davrida u 20 kg yo‘qotdi.

Eslatib o‘tamiz, bu yil yozda parijliklar rossiyalik darvozabon Matvey Safonovni «Krasnodar»dan sotib olgandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter