Nagelsmann muxlislardan yordam kutayapti

Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsmann Daniyaga qarshi Yevro-2024 1/8 final uchrashuvi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, uchrashuv 29 iyun kuni bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

«Daniya juda yaxshi tashkil etilgan jamoa. Ba’zida ular juda agressiv himoyalanishadi, lekin keyin bir teginish bilan ajoyib hujumlar qilishadi. Ularning tarkibida ko‘plab tajribali o‘yinchilar bor va aniq tuzilma. Bu kuchli raqib, albatta.

Dortmunddagi stadion odatda juda shovqinli va men buni raqib murabbiyi sifatida ko‘p marta boshdan kechirganman. Umid qilamanki, ertaga tribunadan ham xuddi shunday shovqin eshitiladi», – dedi nemislar murabbiyi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter