Xorvatiya pley-offga loyiq emas
Xorvatiya terma jamoasi dushanba oqshomidagi o‘yinning so‘nggi soniyalarida Italiya terma jamoasi ustidan qozonilgan g‘alabani qo‘ldan boy berdi, jamoalar durang o‘ynadi – 1:1.
Sobiq futbolchi va hozirda mutaxassis Aleksey Gasilinning fikricha, «shashkachilar» pley-off bosqichi doirasida ishtirok etishga loyiq emas.
Amalda ham jamoa turnirni tark etdi.
«Xorvatlar ikki o‘yinda so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yuborishdi. Bunday jamoa guruhdan chiqishga qanday loyiq bo‘lishi mumkin? Ular konsentrasiyani yo‘qotmaydi, shunchaki italiyaliklar bosim o‘tkazishdi va tabiiyki gol urishdi», – dedi Gasilin Match TV telekanali uchun.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/