Pikford tanqidlar ostidagi Angliya termasidagi kayfiyat haqida gapirdi
Angliya terma jamoasi darvozaboni Jordan Pikford Serbiya va Daniyaga qarshi o‘yinlarda Yevro-2024da ishonchsiz o‘yin ko‘rsatganidan keyin jamoa duch kelayotgan tanqidlar chog‘ida shunday fikr bildirdi.
«Bizda hammasi yaxshi, biz xotirjammiz. Turnir davom etayotgan paytdan zavqlanishingiz kerak. Bizda to‘rt ochko bor, guruhda birinchi o‘rindamiz, hammasi tinch. Biz yaxshiroq o‘ynashimiz mumkinligini bilamiz, ammo yutqazmadik. Ikki o‘yindan so‘ng bizda oxirgi ikki turnirdagi kabi ochkolar mavjud. Biz tinchmiz. Navbatdagi o‘yin seshanba kuni bo‘lib o‘tadi va biz vahima qilmasligimiz kerak», – deya Pikford so‘zlarini keltirmoqda The Independent.
Angliya – Sloveniya uchrashuvi 25 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/