Silva: «Irodali g‘alabani qo‘lga kiritish yoqimli»

Bernardu Silva Chexiya ustidan qozonilgan g‘alaba haqida fikr bildirdi.

Portugaliya terma jamoasi Yevro-2024 guruh bosqichida Chexiya ustidan irodali g‘alabaga erishdi (2:1).

– Shu tarzda g‘alaba qozonish yoqimlimi?

– Albatta, yaxshi. Bu yengillik. Chexiya gol urganidan keyin o‘yinni ag‘darish qiyin bo‘lib qoldi. O‘zgartirishlardan so‘ng jarima maydonchasiga ko‘proq odam yubora boshladik, bu zarur edi, birinchi bo‘limda bizga bu biroz yetishmadi. Lekin bu 3 ochko, ko‘p emas, kam emas.

– Cheklangan maydonda o‘ynash qiyinmi?

– Albatta… Yakuniy bosqichlarda barcha jamoalar Portugaliyani juda hurmat qilishadi, juda past himoyalanishadi va o‘yinning katta qismida barcha maydonlarni qamrab oladi. Jamoalar yaxshi tashkil etilgan. Qaysi yo‘l bo‘lmasin, biz tirishqoqlik bilan 3 ochkoga erishdik», – deydi portugaliyalik yarim himoyachi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter