Kanselu: «Birinchi kundanoq Martines o‘zini erkin his qildi»

Himoyachi Joau Kanselu Portugaliyaning Roberto Martines qo‘l ostidagi imkoniyatlarini yuqori baholadi.

Ispaniyalik bu lavozimni 2023 yil boshida egallagan edi. Uning qo‘l ostida Portugaliya terma jamoasi Yevro-2024 saralash bosqichidan ishonchli tarzda o‘tib, o‘nta uchrashuvning barchasida umumiy to‘plar farqi 36:2 bo‘lgan holda g‘alaba qozondi.

«Birinchi kundanoq Martines o‘zini erkin his qildi. U futbolchilarga yaqin, qiziqarli fikrlari bor, hujumkor futbolni yaxshi ko‘radi.

Menga uning yondashuvi yoqadi. U jamoamizni qabul qilib olganida vaziyatni o‘zgartirdi, tezda moslashdi va biz uni xursand qilamiz degan umiddaman», – dedi Martines.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter