«PSJ» hujumchisi Parijda katta bosim sezmoqda
«PSJ» hujumchisi Randal Kolo-Muani Fransiya terma jamoasida o‘z klubidagiga qaraganda kamroq bosim his qilishini tan oldi.
Eslatib o‘tamiz, forvard o‘tgan yozda Frankfurtning “Ayntraxt” klubidan 95 million yevro evaziga Parijga ko‘chib o‘tgandi.
Debyut mavsumida Randal Fransiya chempionatida 6 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Bu men uchun juda og‘ir mavsum bo‘ldi. Men qiyinchiliklarga duch keldim, atrofimdagi hamma narsa yangi edi.
Biroq, men taslim bo‘lmayman va kurashni davom ettiraman. Odamlar mendan ko‘proq narsani kutishdi, ayniqsa transfer narxim 95 million yevro bo‘lsa. Men Fransiya terma jamoasida kamroq bosim his qilyapman”, dedi Kolo-Muani matbuot anjumanida.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/