«Atletiko Madrid» futbolchisi o‘z qaroridan afsuslanmaydi
Yarim himoyachi Artur Vermiren qishda «Atletiko Madrid»ga o‘tgani haqida gapirdi.
Belgiyalik futbolchi Madrid klubi safida atigi beshta o‘yin o‘tkazdi. Biroq 19 yoshli Vermiren o‘zining transferini xato deb hisoblamaydi.
«Atletiko»ga o‘tish xato emas edi. Bu kelajakka yaxshi ko‘z bilan qarashni anglatadi. Men ko‘p o‘ynamaslik imkoniyati borligini bilardim.
Ammo hozir ham fikrim o‘zgarmaydi», – deya Vermirenning so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/