Niderlandiyaning Yevropa chempionatini yutish ehtimoli qancha?

Yaqinda Germaniya futbol maydonlarida 2024 yilgi Yevropa chempionati start oladi.

Opta superkompyuteri Niderlandiyaning turnirda g‘alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi. «Apelsinlar»ning Yevro-2024’ni yutish ehtimoli 5,1 foiz.

Jamoa reytingda oltinchi o‘rinni egallab turibdi. Yevropa chempionati guruh bosqichida Niderlandiya Fransiya, Polsha va Avstriyaga qarshi bahs olib boradi.

Yevro-2024 14 iyundan 14 iyulgacha bo‘lib o‘tadi. Turnirning amaldagi g‘olibi Italiya hisoblanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter