Maradonaning «Oltin to‘p»i sotilishi to‘xtatildi, sovrin o‘g‘irlandi

Argentina terma jamoasi sobiq futbolchisi Diyego Maradonaning faxriy «Oltin to‘p»ini kimoshdi savdosida sotish to‘xtatildi.

Parijdagi Aguttes auksion uyi sobiq futbolchi va murabbiyning oila a’zolari sovringa da’vogarlik qilayotgani sababli uning sotilishini to‘xtatdi. Oila a’zolari mukofot o‘g‘irlangani haqida xabar berishdi.

«Oltin to‘p» 6 iyun kuni sotilishi kerak edi, Fransiya sudi Maradona oilasining da’volariga qaramay, bunga ruxsat berdi.

Auksion uyi rahbarlaridan biri Maksimilen Aguttesning aytishicha, bunday yangilik «eng yaxshi shartlarda» mukofotning sotilishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter