Kaka «Oltin to‘p» uchun kurashadigan futbolchilarni aytdi

Madridning “Real” klubi va Braziliya terma jamoasining mashhur sobiq futbolchisi Kaka Vinisius Junior va Jud Bellingem o‘yini haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

“Los-Blankos”ning ikki yetakchisi “Oltin to‘p”ga asosiy da’vogarlar sanaladi. «Real Madrid» shanba kuni Chempionlar ligasi finalida Dortmundning «Borussiya» jamoasiga qarshi o‘ynaydi.

“Braziliyalik sifatida Vinisius uchun juda xursandman. Umid qilamanki, «Real» g‘alaba qozonadi va Vini yilning eng yaxshi futbolchisi unvoni uchun kurashadi.

Jud ham aql bovar qilmas futbolchi. U nafis, ammo juda yetuk o‘ynaydi. U hech qachon asabiylashmaydi va har doim ishonchli ko‘rinadi.

O‘ylaymanki, u ham “Oltin to‘p”ni yuta oladi”, – deya Kakadan iqtibos keltiradi Madrid Xtra.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter