«Real» Teylor Sviftning konsertidan 9 million yevrodan ko‘proq daromad oladi

Madridning “Real” klubi Teylor Sviftning “Santyago Bernabeu”dagi konsertlaridan 9 million yevrodan ortiq daromad oladi.

30-31 may kunlari xonandaning Yevropa bo‘ylab turnesi doirasida «Real Madrid» stadionida chiqishlari bo‘lib o‘tdi.

Marca xabariga ko‘ra, klubning Sixth Street va Legends Hospitality bilan kelishuviga ko‘ra, «Real Madrid» Teylor Sviftning konsertlaridan tushgan daromadning 70 foizini olishi kerak. Xonandaning ikki chiqishidan olgan umumiy daromadi taxminan 13 million yevroga baholanmoqda – shu tariqa, “Real Madrid”ning daromadi taxminan 9,1 million yevroni tashkil qiladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter