Ronaldu Saudiya Arabistonida «Oltin butsa»ni qo‘lga kiritganiga munosabat bildirdi

Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonida «Oltin butsa»ni olishiga munosabat bildirdi.

2023/24tyilgi mavsumda portugaliyalik futbolchi “An-Nasr” safida milliy chempionatning 31 ta o‘yinida 35 ta gol urdi.

“Bu mavsumda eng yaxshi to‘purar bo‘lganimdan faxrlanaman! Qolgani hali oldinda”, – deb yozdi 39 yoshli hujumchi Instagram’da.

Bugun Ronaldu Saudiya Arabistoni Ligasining «Oltin butsa»si bilan taqdirlangandi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter