Amerika Kubogida bu qoidadan foydalaniladi

Amerika Kubogi davomida olti marta futbolchilarni almashtirishga ruxsat beriladi.

Ammo almashtirilishi kerak bo‘lgan o‘yinchi boshidan jarohat olgan yoki miyasi chayqalgan bo‘lsagina bu amalga oshishi mumkin.

«Gap bosh suyagi shikastlangan yoki miya chayqalgan taqdirda qo‘shimcha almashtirish haqida ketmoqda», – deyiladi KONMEBOL matbuot xizmati xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Amerika kubogi futbol bo‘yicha Yevropa chempionati bilan deyarli parallel ravishda – 20 iyundan 14 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi. 

Ma’lumot uchun, turnirning amaldagi g‘olibi Argentina terma jamoasi hisoblanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter