Uoker: «Natija uchun butun jamoa javobgardir»

«Manchester Siti»ning o‘ng qanot himoyachisi Kayl Uokerning fikricha, «Manchester Yunayted»ga qarshi Angliya kubogi finalidagi jamoaning muvaffaqiyatsizligida Pep Gvardiolani ayblamaslik kerak.

Final uchrashuvining yaqqol favoriti hisoblangan “shaharliklar” raqiblariga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berishdi.

Uchrashuv yakunlangach, Gvardiola o‘yin rejasi muvaffaqiyatsiz bo‘lganini va jamoaga zarar yetkazganini tan oldi.

«Gvardiola – taktika borasida so‘roq qilinmaydigan yagona odam. U daho. Bu yerda o‘ynagan yillarim davomida u meni va boshqa ko‘plab futbolchilarni o‘zgartirdi.

Natija uchun butun jamoa javobgardir, bizda 97 daqiqa bor edi. Biz hammamiz mas’uliyatga egamiz», – deya Uokerning so‘zlarini keltiradi jurnalist Jo Brey.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter