Luis Enrike Xavining «Barselona»dan chetlatilishiga munosabat bildirdi

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike «Barselona»dan Xavi Ernandesning iste’fosi haqidagi savolga javob berdi. Kataloniya grandi juma kuni o‘z murabbiyini ishdan bo‘shatganini rasman e’lon qildi.

«Barselona» bilan o‘yinimizdan so‘ng men Xavi qolishini istashimni aytdim. O‘shandan beri mening fikrim o‘zgarmadi», – deydi murabbiy.

Xavi Ernandes «Barselona»da ikki yarim yil ishladi. Aprel oyida klub rahbariyati mutaxassisni ketmaslikka ko‘ndirgan, ammo may oyida vaziyat birdaniga yangi tus olgan va ular ispaniyalikni ishdan bo‘shatishga qaror qilishgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter