Pedri: «Barsa» eng yaxshi mavsumini o‘tkazmadi»

Pedri «Barselona»ning joriy mavsumi haqida gapirdi.

La Liganing 37-turida kataloniyaliklar o‘z maydonida “Rayo Valekano”ni mag‘lub etishdi (3:0). Pedri dubl qayd etdi.

“Ikkinchi o‘rinni egallashga muvaffaq bo‘lganimizdan xursandman, bu bizning mavsum yakunidagi maqsadimiz edi. Biz eng yaxshi mavsumni o‘tkazmadik va Superkubokga chiqish uchun bu o‘rinni egallashimiz kerak edi.

Men o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. O‘yin haqida gap ketganda, o‘zimga juda ishonaman, o‘ylaymanki, biz ortga qaytish uchun ko‘p kuch sarfladik va natijalarni ko‘ryapmiz”, dedi ispaniyalik futbolchi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter