Undavning taxminlari o‘zini oqladi

“Shtutgart” hujumchisi Deniz Undav Bundesligadagi mavsum yakunlari haqida gapirdi.

Shvabiyaliklar Germaniya chempionatining yakuniy jadvalida 73 ochko jamg‘arib, “Bavariya”ni 1 ochkoga ortda qoldirib, ikkinchi o‘rinni egallashdi. «Bayer» 90 ochko bilan chempion bo‘ldi.

«Uch oy oldin «Bayer» bilan o‘yindan keyin Germaniyaning ikki eng yaxshi jamoasi bir-biriga qarshi o‘ynaganini aytdim. Hamma ustimdan kuldi. Lekin men haq edim shekilli.

Endi hammangiz mendan kechirim so‘rashingiz mumkin», – dedi Undav jilmayib.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter