Mbappening tizzasida jarohati bor

«PSJ» hujumchisi Kilian Mbappe Liga 1’ning 33-turidan o‘rin olgan «Nissa»ga qarshi o‘yinda jarohati sabab maydonga tushmadi.

Jurnalist Dani Jillesning yozishicha, futbolchi chap oyog‘ining son qismidagi noqulaylik tufayli Parijda qolgan.

Uchrashuv 2:1 hisobida «Nissa» foydasiga hal bo‘ldi. Parij klubi avvalroq muddatidan avval Liga 1 chempionligini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe yozda «PSJ»ni erkin agent sifatida tark etadi. Joriy mavsumda 25 yoshli futbolchi jamoasi safida 46 ta o‘yin o‘tkazib, 43 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. OAV xabariga ko‘ra, fransiyalik futbolchi faoliyatini «Real»da davom ettiradi.

Manba: x.com/psg_live

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter