«Atletiko» Feliksni qaytarish variantini ko‘rib chiqmoqda
«Atletiko» vingeri Joau Feliks «Barselona»dagi ijara muddati yakuniga yetganidan so‘ng Madridga qaytishi mumkin.
Madridliklar qaytish variantini ko‘rib chiqmoqda, chunki ular futbolchini 60 million yevroga baholamoqda – hozircha hech kim uning uchun bunday summani to‘lashga tayyor emas. Bundan tashqari, «Atletiko» Feliks bilan 2029 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzoladi va uni «Barselona»ga ijaraga berdi.
Joau avvalroq «Barselona»da qolish istagi haqida gapirgan edi. 24 yoshli portugaliyalik vinger joriy mavsumda 41 o‘yinda 10 gol va 6 golga assistentlik qildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/