De Yong: «Atletiko»ga qarşi öyin boşqa kunga köçirilsa, tuşunaman»
«Barselona» yarim himoyaçisi Frenki de Yong jamoasining Ispaniya çempionati doirasida «Atletiko»ga qarşi bölajak uçraşuvi boşqa sanaga köçirilişi mumkinligi haqida fikr bildirdi.
Ispaniya futbolidagi yaqinlaşib kelayotgan ayrim uçraşuvlar Segundada yuz bergan fojia sababli qoldirilişi mumkin. «Tenerife» hujumçisi Xesus de Migel «Andorra» darvozaboni bilan töqnaşuvdan keyin şifoxonada vafot etgan edi.
De Yongdan «Atletiko»ga qarşi bahsni boşqa kunga köçiriş kerakmi, deb söraşdi.
«Agar öyin boşqa sanaga köçirilsa, buni tuşunaman. Agar uni ötkazişga qaror qilişsa ham, tuşunaman. Bu masalani men hal qilmayman», — deya niderlandiyalik futbolçining sözlarini Barca Universal keltirmoqda.
«Barselona»ning Madriddagi «Atletiko»ga qarşi safari 8 noyabr kuniga belgilangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/