«Liverpul» Ismaila Sarr uchun 50 million funt taklif qildi

«Liverpul» «Kristal Pelas» va Senegal terma jamoasi vingeri Ismaila Sarr transferi bo‘yicha muzokara olib bormoqda. Bu haqda insayder Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, mersisaydliklar futbolchi uchun taxminan 50 million funt, ya’ni 58 million yevro miqdorida taklif yuborgan. Sarrning o‘zi ham ushbu transfer amalga oshishiga qiziqish bildirmoqda.

Avvalroq «Kristal Pelas» Turkiyaning «Galatasaroy» klubidan kelib tushgan ikki taklifni rad etgan.

Sarr 2026 yilgi jahon chempionatida Senegal terma jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. U musobaqada 4 ta o‘yinda 4 ta gol urdi.

O‘tgan mavsumda 28 yoshli futbolchi «Kristal Pelas» safida barcha musobaqalarda 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 21 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Sarrning London klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 45 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter