26 avgustning eng muhim o‘yinlari

26 avgust kuni futbol muxlislarini bir qator qiziqarli uchrashuvlar kutib turibdi.

O‘zbekiston Superligasining 19-turida «Lokomotiv» — «Bunyodkor» va «Mash’al» — «Navbahor» bahslari soat 19:00 da, «Qizilqum» — «Nasaf» uchrashuvi esa 20:00 da boshlanadi.

Chempionlar ligasi pley-off bosqichining javob uchrashuvlarida AEK — «Levski», «Lion» — «Fenerbaxche», «SelYE» — «Slovan» va «Viking» — «Dinamo Zagreb» o‘zaro bahs olib boradi. Barcha juftliklarda birinchi o‘yinlar durang bilan tugagan va g‘oliblar liga bosqichiga yo‘l oladi. O‘yinlar Toshkent vaqti bilan 27 avgustga o‘tar kechasi soat 00:00 da boshlanadi.

La Ligada esa «Real Madrid» o‘z maydonida «Real Sosyedad»ni qabul qiladi. «Santyago Bernabeu»dagi bahs Toshkent vaqti bilan 00:00 da start oladi.

26 avgust. O‘zbekiston Superligasi
19:00 — «Lokomotiv» — «Bunyodkor»
19:00 — «Mash’al» — «Navbahor»
20:00 — «Qizilqum» — «Nasaf»

La Liga
00:00 — «Real Madrid» — «Real Sosyedad»

27 avgustga o‘tar kechasi. Chempionlar ligasi
00:00 — AEK — «Levski»
00:00 — «Lion» — «Fenerbaxche»
00:00 — «SelYE» — «Slovan»
00:00 — «Viking» — «Dinamo Zagreb»

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter