«Nissa» Vaini yana ijaraga oldi

«Nissa» «Ayntraxt» hujumchisi Elye Vai bilan ijara shartnomasini imzoladi. U 2027 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Germaniya klubi safida 2025 yilning yanvaridan buyon to‘p surib kelayotgan 23 yoshli Kot-d’Ivuar vakili ushbu jamoaga «Marsel»dan o‘tgan edi. 2025/26 yilgi mavsumda u allaqachon «Nissa»da ijara asosida o‘ynagandi. Ushbu jamoa va «Ayntraxt» safida jami 33 ta o‘yinda maydonga tushgan hujumchi 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi 2030 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, Kot-d’Ivuar terma jamoasi futbolchisining qiymati 18 million yevroga baholanmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter