La Liga klubi Saliba transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi
«Vilyarreal» «Anderlext» va Kanada terma jamoasi yarim himoyachisi Natan Saliba transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, 22 yoshli futbolchining transfer qiymati 15 million yevroni tashkil etadi. Saliba tibbiy ko‘rikdan o‘tish va shartnoma imzolash uchun Ispaniyaga yo‘l oladi.
Saliba 2025 yil iyulidan buyon «Anderlext» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning Belgiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.
2025/26 yilgi mavsumda yarim himoyachi barcha musobaqalar doirasida 45 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali Natan Salibaning transfer qiymatini 10 million yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/