A Seriya. Gattuzoning «Lasio»si «Bolonya»ni safarda yengdi
Italiya A Seriyasining 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Lasio» safarda «Bolonya»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi.
Uchrashuvdagi yagona gol 59-daqiqada rimliklar yarim himoyachisi Davide Frattezi tomonidan kiritildi.
Shu tariqa, «Lasio» yangi bosh murabbiy Jennaro Gattuzo qo‘l ostidagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Gattuzo bunga qadar Italiya terma jamoasini boshqargan.
Gattuzoning «Lasio»dagi debyuti esa omadsiz kechgandi. Rim klubi Italiya kubogida B Seriya vakili «Mantova»ga 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib, musobaqani tark etgan edi.
Manba: www.stadion.uz.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/