A Seriya: «Roma» «Fiorentina»ni tor-mor qildi
«Roma» Italiya A Seriyasining 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Fiorentina»ni 4:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi.
Rimliklar hujumchisi Doniell Malen xet-trik qayd etdi. 27 yoshli niderlandiyalik futbolchi 27, 52 va 60-daqiqalarda raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
E’tiborlisi, Malenning har uchala goliga ham Paulo Dibala assistentlik qildi.
Uchrashuvdagi yakuniy hisobni 86-daqiqada Nikkolo Pizilli o‘rnatdi — 4:0.
Manba: www.stadion.uz.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/