«Tottenxem» Marmush transferi bo‘yicha «Manchester Siti» bilan og‘zaki kelishuvga erishdi

«Tottenxem Xotspur» «Manchester Siti» hujumchisi Omar Marmushning transferi bo‘yicha og‘zaki kelishuvga erishdi. Bu haqda jurnalist Fabrisio Romano X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, gap dastlabki ijara haqida ketmoqda. Bitimga muayyan shartlar bajarilgan taqdirda 50 million funt (taxminan 58 million yevro) evaziga futbolchini majburiy sotib olish bandi kiritiladi.

Marmushning o‘zi ham London klubiga o‘tishga rozilik bergan. U 24 avgust, dushanba kuni tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda.

O‘tgan mavsumda Omar Marmush «Manchester Siti» safida barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuv o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining «shaharliklar» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt ma’lumotiga ko‘ra, uning bozor qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter