Kompani murabbiylik faoliyatidagi beshinchi sovrinini qo‘lga kiritdi
Vensan Kompani murabbiylik faoliyatidagi beshinchi sovrinini qo‘lga kiritdi.
Belgiyalik mutaxassis boshchiligidagi «Bavariya» Germaniya Superkubogi uchun bahsda Dortmundning «Borussiya» klubini 2:1 hisobida mag‘lub etib, bosh sovringa ega chiqdi.
O‘tgan mavsumda Kompani «Bavariya» bilan Germaniya chempionati va mamlakat Kubogida zafar quchgan. Undan avvalgi mavsumda esa myunxenliklar Bundesliga va Germaniya Superkubogida g‘olib chiqqan.
Shu tariqa, Germaniya Superkubogidagi navbatdagi muvaffaqiyat Kompani uchun «Bavariya» bosh murabbiyi sifatidagi yana bir sovrin bo‘ldi. Myunxen klubi esa ushbu musobaqada ketma-ket ikkinchi yil g‘olib chiqdi.
Eslatib o‘tamiz, Kompani 2022/23 yilgi mavsumda «Byornli»ni Angliyaning ikkinchi divizioni — Chempionship g‘olibligiga olib chiqqan.
Yangilik manbasi — https://stadion.uz/