Ispaniya matbuoti Mbappedan yanada ko‘prog‘ini talab qilmoqda

Yangi mavsum boshlanishi arafasida Ispaniya matbuotining diqqat markazida yana Kilian Mbappe turibdi. Fransiyalik hujumchi so‘nggi ikki yilda Madrid klubi safida 102 ta uchrashuv o‘tkazib, 86 ta gol urganiga qaramay, undan yanada yuqori natijalar kutilmoqda.

AS Diario jurnalistlarining fikricha, Mbappe ketma-ket uchinchi marta Ispaniya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lishi kerak.

So‘nggi 40 yil ichida «Real»ning hech bir futbolchisi La Ligada uch mavsum ketma-ket eng yaxshi to‘purar bo‘lishni uddalay olmagan. Bu natijaga hatto portugaliyalik Krishtianu Ronaldu ham erisha olmagandi.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe 2024 yilda Madrid klubiga ko‘chib o‘tgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter