Nikolas Jekson o‘ziga yangi jamoa tanladi

«Chelsi» hujumchisi Nikolas Jekson faoliyatini qayerda davom ettirish borasida bir qarorga keldi.

Marca ma’lumotiga ko‘ra, senegallik futbolchi Madridning «Atletiko» klubiga o‘tishni istamoqda. 25 yoshli hujumchi madridliklarga allaqachon og‘zaki rozilik bergan.

Jeksonga «Aston Villa» ham qiziqish bildirmoqda. Biroq futbolchi Angliyada qolishni unchalik istamayotgani sababli Madridga ko‘chib o‘tish variantini afzal ko‘rmoqda.

«Chelsi» esa, aksincha, hujumchini «Aston Villa»ga sotishni xohlayapti. Hozircha «Atletiko» va London klubi o‘rtasida kelishuvga erishishga ancha bor. Shu sababli madridliklar boshqa nomzodlarga e’tibor qaratishi mumkin.

Transfermarkt portali Nikolas Jeksonning transfer qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter