Mikel Arteta murabbiylik faoliyatidagi beshinchi sovrinini qo‘lga kiritdi

Mikel Arteta murabbiylik faoliyatidagi beshinchi sovrinini qo‘lga kiritdi.

Bugun ispaniyalik mutaxassis boshqaruvidagi «Arsenal» Angliya Superkubogi bahsida «Manchester Siti»ni 3:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi.

Arteta qo‘l ostida London klubi 2026 yilda Angliya Premyer-ligasida chempion bo‘ldi. Shuningdek, «Arsenal» 2020 va 2023 yillarda Angliya Superkubogini, 2020 yilda esa Angliya kubogini qo‘lga kiritgan.

Shu tariqa, Mikel Arteta «Arsenal» bosh murabbiyi sifatida jami beshta sovrin sohibiga aylandi.

Arteta futbolchilik faoliyatida ham «Arsenal» bilan sovrinlar yutgan. U «kanonirlar» safida ikki marta Angliya kubogi va ikki marta Angliya Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Ispaniyalik mutaxassis 2019 yil oxiridan beri «Arsenal»ni boshqarib kelmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter