Aksel Vitsel «Nissa» bilan 1+1 ko‘rinishidagi shartnoma bo‘yicha kelishib oldi

«Zenit»ning sobiq yarim himoyachisi Aksel Vitsel faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin.

L’Équipe nashrining xabar berishicha, «Nissa» 37 yoshli belgiyalik futbolchi bilan dastlabki kelishuvga erishdi. Tomonlar bir mavsumga mo‘ljallangan va yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ko‘zda tutilgan shartnomani muhokama qilishmoqda. Futbolchi do‘shanba kuni klub ixtiyoriga yetib kelishi kutilmoqda.

Vitsel «Jirona»dan ketgach, erkin agent maqomida bo‘lib turibdi. O‘tgan mavsumda u Ispaniya chempionatida 32 ta o‘yinda maydonga tushgan edi.

«Nissa» Loran Aberjel tizzasining xochsimon bog‘lamini yirtib olganidan so‘ng yarim himoyachi qidiruvini faollashtirdi.

Vitsel 2012 yildan 2016 yilgacha «Zenit» sharafini himoya qilgan. Sankt-Peterburg jamoasi tarkibida belgiyalik futbolchi Rossiya chempioni bo‘lgan, shuningdek, mamlakat Kubogi va Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter