Yevropa chempioni futbolchilik faoliyatini yakunladi

«Parij» futbol klubi rasmiy saytida 36 yoshli italiyalik hujumchi Chiro Immobile futbolchilik faoliyatini yakunlaganini ye’lon qildi.

Immobile 2026-yil fevral oyida parijliklar safiga qo‘shilgandi. U o‘tgan mavsum Liga 1 doirasida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Chiro Immobile «Sorrento» va «Yuventus» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U professional faoliyati davomida «Jenoa», «Torino», Dortmundning «Borussiya»si, «Sevilya», «Lasio», «Beshiktosh», «Bolonya» va boshqa klublarda ham to‘p tepgan.

Immobile faoliyati davomida bir qator nufuzli sovrinlarni qo‘lga kiritgan. U 2021-yilda Italiya terma jamoasi safida Yevropa chempionligini ham nishonlagan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter