Frattezi «Lasio»ga o‘tishni yakunlash uchun Rimga jo‘nab ketdi
Yarim himoyachi Davide Frattezi «Inter»dan «Lasio»ga o‘tishni yakunlash uchun Rimga jo‘nab ketdi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar bermoqda.
Kelishuv klublar tomonidan tasdiqlangan yangilangan shartlar asosida amalga oshirilmoqda. Italiyalik yarim himoyachi avval 5 million yevro evaziga ijaraga o‘tadi, «Lasio» esa uni 10 million yevroga sotib olish huquqiga (opsiyasiga) ega bo‘ladi. Bu sotib olish majburiy emas.
Shuningdek, «Inter» Frattesining keyingi sotuvidan 50% ulushni o‘zida saqlab qoladi. Yaqin vaqt ichida futbolchi transferni yakunlash uchun Italiya poytaxtiga yetib kelishi kerak.
O‘tgan mavsumda Davide klub safida 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/