«Bavariya» «Brentford» hujumchisi Igor Tiagoga qiziqish bildirmoqda

«Brentford» hujumchisi Igor Tiago «Bavariya»ning qiziqish doirasiga tushdi.

Myunxen klubi o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra APLning ramziy terma jamoasidan o‘rin olgan 25 yoshli forvard transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi.

O‘tgan mavsumda Igor Tiago barcha turnirlarda 40 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 25 ta gol va 1 ta assist yozdirib qo‘ydi.

Braziliyalik futbolchi, shuningdek, Selesaoning JCH-2026 uchun qaydnomasiga kiritildi va turnirda faqat bitta o‘yinda maydonga tushdi.

«Bavariya» o‘tgan mavsumda Bundesliga va Germaniya Kubogini qo‘lga kiritib, oltin dubl qayd etdi. Inqirozsiz mavsumdan so‘ng Vensan Kompani jamoasi yangi 2026/27 yilgi mavsumni 22 avgust kuni Dortmundning «Borussiya»siga qarshi Germaniya Superkubogi bahsi bilan boshlaydi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter