Anchelotti Braziliya – Marokash o‘yiniga 31 daraja issiqda kostyum-shimda keldi

Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 2026 yilgi Jahon chempionati final bosqichi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Marokashga qarshi o‘yin (1:1) boshlanishidan avval nimchali kostyum-shim va galstuk kiyib oldi.

O‘yin AQSHning Ist-Ruterford shahridagi «MetLayf» stadionida bo‘lib o‘tdi. O‘sha vaqtda havo harorati Selsiy bo‘yicha taxminan 31 daraja issiqni tashkil etayotgan edi. Uchrashuv mahalliy vaqt bilan soat 18:00 da boshlandi.

Eslatib o‘tamiz, 67 yoshli italiyalik mutaxassis Braziliya terma jamoasini boshqarayotgan tarixdagi ilk xorijlik murabbiy hisoblanadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter