JCH-2026. Qatarlik Mahmud Abunada Shveysariya bilan o‘yinning eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi
Qatar terma jamoasi darvozaboni Mahmud Abunada Jahon chempionati-2026 final bosqichi guruh bosqichi 1-turidan o‘rin olgan Shveysariyaga qarshi o‘yinning (1:1) eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
26 yoshli golkiper ushbu uchrashuvda o‘z darvozasidan bitta to‘p o‘tkazib yubordi va 5 ta seyv ijro etdi.
Hozirda Qatar bir ochko bilan JCH-2026 «B» guruhi turnir jadvalida uchinchi o‘rinni egallab turibdi. 19 iyun kuni jamoa Kanadaga qarshi maydonga tushadi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/
