Noyer «Bavariya»da qoladigan bo‘ldi

Darvozabon Manuel Noyer katta ehtimol bilan «Bavariya»da qoladi. Kicker nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, 40 yoshli golkiper Myunxen klubi bilan 2027 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan yangi shartnoma imzolash arafasida turibdi. Yangi kelishuv haqida kelgusi haftada rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Manuel Noyer 2011 yilda «Shalke»dan «Bavariya»ga 30 million yevro evaziga o‘tgan edi. Uning amaldagi shartnomasi 2026 yilning 30 iyuniga qadar mo‘ljallangan.

Joriy mavsumda darvozabon Myunxen klubi safida barcha turnirlarda 35 ta o‘yin o‘tkazib, o‘z darvozasidan 38 ta to‘p olib chiqdi, 11 ta uchrashuvda esa darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter