«Arsenal» 32 yillik rekordni takrorladi

«Arsenal» himoyada 1990-yillardan beri bu qadar ishonchli o‘yin ko‘rsatmagan edi.

Mikel Arteta jamoasi seshanba oqshomida Chempionlar ligasi doirasida «Atletiko»ga qarshi bahsda (1:0) joriy mavsumdagi 30-«quruq» o‘yinini o‘tkazdi.

Shunday qilib, «kanonirlar»ning bu mavsumda gol o‘tkazib yubormagan o‘yinlari soni 30 taga yetdi. Oxirgi marta londonliklar bunday natijani 1993/94 yilgi mavsumda (o‘shanda ham 30 ta o‘yin) qayd etishgan edi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter