Bundesliga tarixidagi eng samarali murabbiylar ma’lum bo‘ldi

Ispaniyalik mutaxassis Xosep Gvardiola Germaniya Bundesligasida bir o‘yinda to‘plangan o‘rtacha ochkolar soni bo‘yicha murabbiylar reytingida peshqadamlik qilmoqda. Bu haqda Transfermarkt statistik portali hisobot e’lon qildi.

Reytingni tuzishda chempionatda kamida 50 ta uchrashuvda jamoasini boshqargan murabbiylar ko‘rsatkichlari inobatga olingan. Unga ko‘ra, Gvardiola boshqaruvidagi «Bavariya» har bir o‘yinda o‘rtacha 2,52 ochko jamg‘argan.

Kuchli uchlikdan ham Myunxen klubining yana ikki murabbiyi joy olgan: Vensan Kompani (2,38 ochko) va Xans-Diter Flik (2,37 ochko). Shuningdek, kuchli o‘ntalikka quyidagi murabbiylar kiritilgan:

  • Xabi Alonso («Bayer») — 2,33;

  • Ottmar Xitsfeld («Bavariya», «Borussiya» D) — 2,08;

  • Edin Terzich («Borussiya» D) — 2,06;

  • Lui van Gal («Bavariya») — 2,05;

  • Udo Lattek («Bavariya», «Borussiya» M, «Borussiya» D) — 2,02;

  • Yulian Nagelsmann («Xoffenxaym», «RB Leypsig», «Bavariya») — 2,01;

  • Ernst Xappel («Gamburg») — 2,01.

Ma’lumot uchun, Xosep Gvardiola 2013-2016 yillarda «Bavariya»ni boshqargan va jamoa bilan jami 7 ta sovrinni qo‘lga kiritgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter