Lukaku «Napoli» mashg‘ulotlariga qaytmoqda

Belgiyalik hujumchi Romelu Lukaku bugun «Napoli»ning mashg‘ulotlar markaziga qaytishi kutilmoqda. «Big Rom» Neapol klubining asosiy jamoasi bilan mashg‘ulotlarga qo‘shilishga tayyor.

Biroq, futbolchining mashg‘ulotlarga qaytishi uning jamoada qolishini anglatmaydi. Xabarlarga ko‘ra, hujumchining kelajagi borasida bir qarorga kelib bo‘lingan: Lukaku yozgi transfer oynasi vaqtida «Napoli»ni tark etadi.

Ayni damda klub va futbolchining vakillari yangi mavsumni boshqa jamoada boshlash uchun takliflarni ko‘rib chiqishmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter