Kunya: «Maykl Kerrikda ser Aleks Fergyusonning energiyasi bor»

Maykl Kerrik boshqaruvidagi «Manchester Yunayted» kelasi mavsum uchun Chempionlar ligasi yo‘llanmasini naqd qildi. «Qizil iblislar» hujumchisi Mateus Kunya jamoa ustozi haqida ijobiy fikrlarni bildirib o‘tdi.

«Kerrik kelganida, o‘zi bilan birga sehrli muhit olib keldi. Undan xuddi ser Aleks Fergyusondagi kabi energiya taraladi», — deya Kunyaning so‘zlarini keltirmoqda The Touchline.

2025/2026 yilgi mavsumda «Manchester Yunayted» Premyer-liga doirasida yana uchta o‘yin o‘tkazadi — jamoa «Sanderlend» (9 may), «Nottingem Forest» (17 may) va «Brayton» (24 may) klublariga qarshi maydonga tushadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter