APL klubi Lempardni o‘z nishoniga oldi

«Koventri» bosh murabbiyi Frenk Lempard Chempionshipdagi muvaffaqiyatidan so‘ng «Kristal Pelas» boshqaruvini qo‘lga olishi mumkin. «Moviy osmonlilar 47 yoshli mutaxassis qo‘l ostida mavsumni dahshatli tarzda o‘tkazishdi, biroq endi o‘z ustozlarini yo‘qotish xavfi ostida turibdilar.

TEAMtalk ma’lumotlariga ko‘ra, «Kristal Pelas» Lempardni mavsum yakunida «burgutlar»ni tark etadigan Oliver Glasnerning o‘rniga nomzod sifatida belgilab qo‘ygan.

Lempard 2024 yil noyabr oyidan beri «Koventri»da ishlab kelmoqda. Yaqinda jamoa Chempionshipda birinchi o‘rinni va 25 yildan beri ishtirok etmayotgan Premyer-ligaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yo‘llanmani naqd qildi. Ayni damda «Kristal Pelas» APLda 13-o‘rinni egallab turibdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter