La Liga. «Elche» bir kishi kam bo‘lib qolgan «Atletiko» ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritdi

Chorshanba kuni La Liganing 33-turi doirasida «Elche» o‘z maydonida Madridning «Atletiko» klubini qabul qildi. Maydon egalari son jihatdan ustunlikdan foydalanib, 3:2 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Madridliklar o‘yinning 10-daqiqasidayoq hisobni ochishdi — Rodrigo Mendosaning uzatmasidan so‘ng Nikolas Gonsales gol urdi. 18-daqiqada David Affengryuber sa’y-harakatlari bilan mezbonlar muvozanatni tiklashdi. 33-daqiqada Andre Silva «Elche»ni hisobda oldinga olib chiqdi, biroq oradan bir daqiqa o‘tib Gonsales dublni rasmiylashtirib, muvozanatni tikladi. O‘yinning 75-daqiqasida Andre Silva ham o‘z dublini qayd etib, mezbonlarga g‘alaba keltirdi.

Shuni ta’kidlash joizki, «Atletiko» Tyago Almadaning chetlatilishi sababli o‘yinning katta qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazdi. Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng Madrid klubi 57 ochko bilan to‘rtinchi o‘rinda qoldi. «Elche» esa ochkolarini 35 taga yetkazib, 15-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Ispaniya La Ligasi. 33-tur

22.04.2026 | 22:00 «Manuel Martines Valero», Elche

«ELCHE» — «ATLETIKO» — 3:2

Gollar: Gonsales 10’ (0:1), Leo Affengryuber 18’ (1:1), Andre Silva 33’ — penalti (2:1), Gonsales 34’ (2:2), Andre Silva 75’ (3:2).

«Elche»: Matias Dituro, Leo Affengryuber, Petro (Pedro Bigas, 82), Bakari Sangare (Viktor Chust, 60), Gonsalo Vilyar, Alesh Febas, Neto (Xosan, 67), Xerman Valera, Tete Morente (Arnau Rodriges, 67), Andre Silva, Rafa Mir (Sepeda, 67).

«Atletiko»: Yan Oblak, Kleman Langle, Robin Le Norman (Nauel Molina, 46), Samuel Dias (Mark Pubil, 46), Bonyar, Mendosa (Pablo Barrios, 62), Jonni Kardozo, Vargas (Antuan Grizmann, 62), Gonsales, Aleks Baena (Juliano Simeone, 62), Tyago Almada.

Ogohlantirishlar: Kleman Langle (36), Samuel Dias (38), Alesh Febas (45), Bakari Sangare (45).

Chetlatish: Tyago Almada (30).

Manba: www.stadion.uz.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter