Deku: «Barselona» kamroq xarajat bilan ham top-klublarga qarshilik ko‘rsatmoqda»

«Barselona» sport direktori Deku jamoaning so‘nggi yillardagi o‘sishi haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«O‘tgan ikki oy qiyin kechdi, lekin biz vaziyatni nazoratda ushlab qola oldik. Joan Laporta saylovlarda g‘alaba qozondi — endi unda boshlagan ishlarini davom ettirish uchun yana besh yil vaqt bor.

So‘nggi yillarda boshqa jamoalar transferlar uchun ko‘proq mablag‘ sarflaganiga qaramay, «Barselona» yana kuchli «Real», kuchli «Atletiko» va Yevropaning boshqa top-klublari bilan tengma-teng kurasha oladigan jamoaga aylandi», — deya portugaliyalik mutaxassisning so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter