Ikki superklub Olise uchun kurashadi
Insayder Kristian Falk o‘z saytida top-klublarning «Bavariya» vingeri Maykl Olisega qiziqishi haqida ma’lumot berdi. Falkning so‘zlariga ko‘ra, Olise «Real» va «Manchester Siti» radarlarida turibdi.
Shu bilan birga, ta’kidlanishicha, «Bavariya» 24 yoshli Olise bilan xayrlashmoqchi emas. Amaldagi shartnoma 24 yoshli futbolchini Myunxen klubi bilan 2029 yilning yarmigacha bog‘lab turadi.
2025/2026 yilgi mavsumda Maykl Olise 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol va 14 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/